Germaniyalik forvard Timo Verner Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasidagi taqqoslashga o‘z munosabatini bildirdi.
Uning fikricha, portugaliyalik yulduz futbol tarixidagi eng buyuk to‘purar bo‘lsa, argentinalik futbolchi maydonga tushgan eng buyuk o‘yinchidir.
«Ronaldu — tarixdagi eng buyuk to‘purar. Messi esa maydonga qadam qo‘ygan eng buyuk futbolchi. Agar menga o‘yinning 90-daqiqasida penaltini ishonchli tarzda amalga oshiradigan futbolchi kerak bo‘lsa, Ronald‘uga ishonaman.
Men Ronaldu bunday ajoyib ishlarni bajara olmaydi, demoqchi emasman. Lekin futbolchining o‘n nafar raqibini aldab o‘tib, to‘pni darvoza to‘qqizligiga joylashtirishini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, Messini tanlang», — deya Vernerning so‘zlaridan keltiradi The Touchline nashri.
Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan edi. 39 yoshli Lionel Messi esa xalqaro faoliyatini undan biroz avval tugatgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi