«Latsio» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya chempionatida oktabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda A Seriyaning rasmiy sayti xabar berdi.
O‘tgan oyda rimliklar «Monza» (3:1), «Yuventus» (3:0), «Parma» (2:1), «Sassuolo» (6:2) va «Kalyari» (2:1) klublarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, «Latsio» 28 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda «Inter» (25 ochko), «Roma» (24) va «Komo» (23) ham joy olgan.
Gattuzo o‘tgan yozda «Latsio» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Unga qadar italiyalik mutaxassis Italiya milliy jamoasi, «Marsel», «Valensiya», «Napoli», «Milan» va boshqa bir qator klublarda faoliyat olib borgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi