«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone «Barselona»ga qarshi bo‘lajak uchrashuv oldidan jamoasining imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Juda kuchli jamoaga qarshi o‘ynaymiz. Uchrashuvning katta qismida qiynalishimizni yaxshi bilamiz.
Umid qilamanki, o‘z rejamiz asosida harakat qilib, ko‘zlagan o‘yinimizni namoyish eta olamiz. Bahs qanday kechishini bilmayman, ammo muxlislarimiz bizni qo‘llab-quvvatlashiga ishonaman. Ular har safar stadionga kelganida futbolchilarimiz yaxshi o‘yin bilan javob qaytarishadi», — deya Simeonening so‘zlaridan keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» va «Barselona» o‘rtasidagi La Liganing 12-tur uchrashuvi 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi