«Barselona» yarimhimoyachisi Rodri «Aston Villa»ga qarshi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-tur bahsida (3:0) jarohat oldi.
Kataloniya klubi 30 yoshli futbolchining orqa son qismidagi mushaklarida yengil shikastlanish aniqlanganini ma’lum qildi. Shu bois u 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan La Liganing 12-turidan o‘rin olgan «Atletiko» bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Ispaniyalik yarimhimoyachining safga qaytish muddati keyinroq ma’lum qilinadi.
Marca nashri ma’lumotiga ko‘ra, Rodri taxminan bir oyga safdan chiqdi. U La Liganing 4 ta o‘yini hamda Chempionlar ligasidagi «Sabah»ga qarshi bellashuvni o‘tkazib yuboradi. Futbolchi «Manchester Siti» bilan o‘yinda maydonga qaytishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Rodri bu mavsumda La Ligada 10 o‘yinda bittadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Rodri 1 oyga safdan chiqdi
Futbol
4 noyabr, 07:30
20
«Barselona» yarimhimoyachining son mushaklari shikastlanganini ma’lum qildi. U «Atletiko»ga qarshi o‘ynamaydi.
Foto: Getty Images
08.11.2026, 15:00
Ispaniya La Ligasi
Atletico Madrid
-
:
-
Barselona
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi