Bugun
60
O'zbek

Barkolya: «Liverpul»ga o‘tish borasida hech qanday shubham yo‘q edi»

Futbol
4 noyabr, 03:40
Fransiyalik vinger yozgi transfer oynasida «PSJ»dan mersisaydliklar safiga qo‘shilgan edi.
Barkolya: «Liverpul»ga o‘tish borasida hech qanday shubham yo‘q edi»
Foto: Getty Images

«Liverpul» vingeri Bredli Barkolya «PSJ»dan Angliya klubiga o‘tishi haqida fikr bildirdi. Futbolchi yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirgan va yangi jamoasidagi faoliyatini boshlagan.

«PSJ»dan ketish uchun ayni vaqt kelganini his qildim. U yerda ajoyib yillarni o‘tkazdim va juda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Ammo ketish vaqti kelgandi. Bu oson bo‘lmadi, lekin futbol shunday. «Liverpul»ga o‘tish borasida hech qanday shubham yo‘q edi. Aynan shu yerga kelishim kerakligiga ishonchim komil edi», — deya futbolchining so‘zlarini Sky Sports keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, Barkolya «Liverpul» safida barcha musobaqalarda 12 ta bahsda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar