Bugun
60
O'zbek

«Liverpul» «Sanderlend» yarimhimoyachisini 40 million yevroga sotib olishi mumkin

Futbol
4 noyabr, 03:20
Noa Sadiki xizmatlariga APLning yana bir klubi va Yevropaning bir qator jamoalari qiziqish bildirmoqda.
«Liverpul» «Sanderlend» yarimhimoyachisini 40 million yevroga sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

«Sanderlend» yarimhimoyachisi Noa Sadiki Yevropaning bir nechta klubi e’tiboriga tushdi. Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli kongolik futbolchini «Liverpul», «Nyukasl», «Atletiko», «Yuventus» va «Napoli» o‘z safiga qo‘shishni ko‘zlamoqda.

Sadikining «Sanderlend» bilan shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. Futbolchining transfer qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.

Yarimhimoyachi ushbu mavsumda Angliya Premyer-ligasida to‘qqizta bahsda maydonga tushgan. U hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmagan, shuningdek, bitta sariq kartochka olgan.

Ma’lumot uchun, Sadiki 21 yoshda va Kongo Demokratik Respublikasi milliy jamoasi sharafini himoya qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Sanderlend Sanderlend
Bugungi yangiliklar