Bugun
60
O'zbek

«Barselona» Rodrining jarohatidan keyingi holatini tekshiradi

Futbol
4 noyabr, 03:10
Ispaniyalik yarimhimoyachi «Aston Villa»ga qarshi bahsda jarohat olgan edi.
«Barselona» Rodrining jarohatidan keyingi holatini tekshiradi
Foto: Getty Images
03.11.2026 FT Chempionlar ligasi Barselona Barselona 3 : 0 Aston Villa Aston Villa

«Barselona» Rodrining jarohatidan keyingi holatini tekshiradi

Ispaniyalik yarimhimoyachi «Aston Villa»ga qarshi bahsda jarohat olgan edi.

«Barselona» yarimhimoyachisi Rodri Ernandes bugun, 4 noyabr kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Ispaniyalik futbolchini boldir mushagidagi og‘riqlar bezovta qilmoqda. Kataloniya klubi tibbiy shtabi futbolchining holatini baholab, uning tiklanish jarayoni bo‘yicha xulosa chiqaradi.

Ko‘rik «Barselona»ning La Liga 12-turida Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi o‘yinidan oldin o‘tkaziladi. Ushbu bahs 8 noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, «Barselona» hozirda Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Atletiko» esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Rodri «Aston Villa»ga qarshi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi bahsida jarohat olgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Aston Villa Aston Villa
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar