«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida «Roma» ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mankunianliklar bahs davomida ikki to‘plik ustunlikni boy berganiga qaramay, uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Bruno Fernandesh 58-daqiqada penaltidan hisobni qisqartirdi, Matheus Kunya esa yakunda dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
«Futbolchilarga munosib baho berish kerak. Ikkita gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin asta-sekin o‘yinga qaytdik. Yigitlar har bir imkoniyatdan foydalana olishdi va ajoyib harakat qilishdi. Ammo bu bor-yo‘g‘i bitta bahs. Hammasi bundan keyin nima bo‘lishiga bog‘liq.
Biz oson yo‘llarni tanlamaymiz. Bugun qiyin bo‘lishini bilardik, biroq raqibga o‘zimiz ham gollarni sovg‘a qildik. Tanaffusda bir nechta o‘zgarish kiritishga to‘g‘ri keldi. Eng muhimi, o‘zimizga ishonish edi. Futbolchilarga birinchi golimizdan keyin stadiondagi muhit o‘zgarishini aytdim. Buni o‘z tajribamdan bilaman», — deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, «MYU» ushbu g‘alaba orqali to‘qqizta bahsga cho‘zilgan g‘alabasiz seriyasiga barham berdi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turidan keyin hisobiga muhim uch ochkoni yozib qo‘ydi.