«Nyukasl» afsonasi Alan Shirer «Manchester Yunayted»ning bu mavsumdagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Manchester Yunayted» haqiqatan ham Premer-ligadan tushib ketish xavfi ostida turgan jamoalar qatorida. Mavsumni juda yomon boshlashdi — ayni paytda ularni quyi ligaga tushib ketish hududidan atigi bir ochko ajratib turibdi. Jamoa o‘yinida hech qanday ijobiy o‘zgarish alomatlarini ko‘rmayapman. Bosh murabbiy va klub rahbariyatiga nisbatan bosim juda kuchli. Bu jamoa qay darajagacha pasayib ketgani aql bovar qilmas holat. Bu haqiqiy falokat», — deya Shirerning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.
Eslatib o‘tamiz, «qizil iblislar» APL turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.