Chempionlar ligasida guruh bosqichining 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Unda «PSJ» safarda Ispaniyaning «Vilyarreal» klubini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi — 6:0.
Shu tariqa, parijliklar Chempionlar ligasida Fransiya klublari orasidagi rekordni takrorlashdi. Ushbu rekord avval «Lion»ga tegishli edi. 2004–2006-yillarda «sherlar» Chempionlar ligasida ketma-ket 14 ta uchrashuvda o‘yin davomida mag‘lubiyatga uchramagan.
Endi «PSJ» ham ushbu natijani takrorladi. Parijliklar navbatdagi bahsda mag‘lubiyatga uchramasa, Fransiya klublari orasidagi rekordning yagona egasiga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike jamoasi qatorasiga ikki yil Chempionlar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.