Live
1
O'zbek

Keyn Ronaldoga tegishli rekordni takrorlay olmadi

Futbol
3 noyabr, 17:45
Angliyalik futbolchi «Atletiko»ga qarshi bahsda maydonni golsiz tark etdi.
Keyn Ronaldoga tegishli rekordni takrorlay olmadi
Фото: Getty Images
03.11.2026 FT Chempionlar ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid 0 : 2 Bavariya Bavariya

«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn Chempionlar ligasi 4-turida «Atletiko» darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Biroq angliyalik 33 yoshli futbolchi «matraschilar»ga qarshi bahsda o‘z hisobiga golli uzatmani yozib qo‘ydi. Myunxen klubi mehmonda 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, Keynning Chempionlar ligasidagi ketma-ket 10 ta o‘yinda gol urishdan iborat seriyasi o‘z nihoyasiga yetdi. Forvard turnir rekordini takrorlashiga atigi bir qadam qolgan edi. Ushbu rekord Krishtianu Ronaldoga tegishli bo‘lib, portugaliyalik futbolchi Chempionlar ligasida ketma-ket 11 ta uchrashuvda gol kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Garrining golli seriyasi o‘tgan mavsumning yanvar oyida Belgiyaning «Yunion Sent-Jilluz» klubiga qarshi bahsda boshlangan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Bavariya Bavariya
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar