«Atletiko» «Arsenal» va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Mikel Merinoga qiziqish bildirmoqda. Insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, madridliklar 30 yoshli futbolchini ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Xabarga ko‘ra, bitimda Merinoni 30 million yevro evaziga to‘liq sotib olish bandi ham bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Merino 2024-yil yozida «Arsenal» safiga qo‘shilgan. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik yarimhimoyachi ushbu mavsum APLda to‘qqizta bahsda maydonga tushib, bitta sariq kartochka olgan.