«Bavariya» «Arsenal» sardori Martin Edegorni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. The Daily Briefing xabariga ko‘ra, myunxenliklar norvegiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, futbolchining kelajagi borasidagi noaniqlik fonida «Arsenal» Germaniya grandidan yarimhimoyachi bo‘yicha so‘rov olgan. London klubi esa Edegor bilan hamkorlikni uzaytirish yuzasidan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Edegor 2021-yil avgustidan buyon «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, norvegiyalik futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.