Bugun
31
O'zbek

Bogdan Guskov UFC sobiq chempioniga qarshi jang qiladi

MMA
2 noyabr, 22:30
Jang 2027-yil 6-fevral kuni Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bogdan Guskov UFC sobiq chempioniga qarshi jang qiladi
Foto: Getty Images

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Bogdan Guskov UFC Fight Night turnirida Robert Uittakerga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Jang 2027-yil 6-fevral kuni Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tadi va kechaning ikkinchi muhim jangi bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Guskov 2022–2023-yillarda MMA Seriyasida uchta jang o‘tkazib, barchasida muddatidan avval g‘alaba qozongan. 34 yoshli sportchining umumiy rekordi — 18 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang. U 2026-yil iyul oyida Magomed Ankalaevga texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgandi.

Uittaker esa UFC’ning o‘rta vazndagi sobiq chempioni hisoblanadi. Avstraliyalik jangchi 2026-yilda yarim og‘ir vaznga o‘tib, Nikita Krilovni texnik nokaut bilan mag‘lub etgan. 35 yoshli Uittakerning rekordi — 27 ta g‘alaba va 9 ta mag‘lubiyat.

Bogdan Guskov UFC sobiq chempioniga qarshi jang qiladi
Foto: UFC
Bugungi yangiliklar