«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri «PSJ»ni boshqargan paytida «Barselona»ga qarshi bo‘lib o‘tgan mashhur uchrashuvni esladi.
Parijliklar Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichining birinchi bahsida 4:0 hisobida g‘alaba qozongan, javob o‘yinida esa 1:6 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgandi.
«Men 2004-yildan buyon murabbiylik qilyapman. Jamoalarim 17 yildan beri Yevropa musobaqalarida qatnashadi.
Har bir o‘yin men uchun saboq bo‘lgan. Lekin o‘sha bahsdan juda ko‘p narsa o‘rgandim — sport nuqtayi nazaridan ham, boshqa jihatdan ham. O‘shanda futbolga VAR kerak edi», — dedi Emeri «Barselona»ga qarshi uchrashuv oldidan.
2017-yildagi javob bahsida «PSJ» 1:6 hisobida yutqazgan va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra keyingi bosqichga chiqa olmagandi.
Avvalroq Emeri Angliya chempionatidagi 100-g‘alabasiga erishgani ma’lum qilingandi.