Live
2
O'zbek

Keyn «Bavariya» bilan shartnomasini uzaytirishini tasdiqladi

Futbol
2 noyabr, 16:16
Yangi kelishuv 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Keyn «Bavariya» bilan shartnomasini uzaytirishini tasdiqladi
Фото: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Germaniya grandi bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichga yetganini tasdiqladi.

«Bu haftalar emas, bir necha kun masalasi. O‘tgan dam olish kunlari juda ijobiy muzokaralar o‘tkazdik va bugun ham ularni davom ettirdik. Shartnomani uzaytirish muqarrar. Faqat bir nechta kichik tafsilotlarni kelishib olish qoldi», — deya Keynning so‘zlarini keltiradi insayder Florian Plettenberg.

Insayder ma’lumotiga ko‘ra, Angliya terma jamoasi sardorining 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan yangi shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Keyn 2023 yil avgust oyida «Tottenhem»dan Myunxen jamoasiga ko‘chib o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli futbolchi Londonda bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda professional faoliyatida ilk bor «Oltin to‘p» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar