«Liverpul» vingeri Federiko Kieza qishki transfer oynasida Milanning «Inter» klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Chekkarini xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «neradzurri» hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda. Klub short-listidan italiyalik 29 yoshli futbolchi ham o‘rin olgan. Hozirda futbolchining nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Bu mavsumda Federiko mersisaydliklar safida deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. U atigi bitta uchrashuvda maydonga tushdi. Shu sabab u jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, «Fiorentina» va «Yuventus»ning sobiq yulduzi hisoblangan futbolchining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portalida Kiezaning transfer qiymati 10 million yevro etib baholangan.