Elit Osiyo Chempionlar ligasi 4-turida «Paxtakor» Toshkentda Saudiya Arabistonining «An Nasr» jamoasi bilan kuch sinashdi. Gollar shousiga aylangan bellashuvda mehmonlar 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
«An Nasr» safida Joau Felk dublga erishdi. «Sherlar»ning gollari esa Flamarion va Dostonbek Hamdamov hisobiga yozildi.
Bu uchrashuvda Krishtianu Ronaldu ishtirok etmadi.
Elit OChL. 4-tur
Paxtakor — An Nasr 2:6
Gollar: Flamarion 36, Dostonbek Hamdamov 75 – Al Hamdan 15, Feliks 17, 32, Al Amri 53, G‘arib 62, Anjelo 79.
Paxtakor — Vladimir Nazarov, Muhammadbobur Karimov, Muhammadrasul Abdujamilov, Zaid Tahsin, Sherzod Nasrullaev, Abdurauf Bo‘riev (Oybek Bozorov, 71), Akmal Mozgovoy, Sardor Sobirxo‘jaev, Flamarion, Bashar Resan (Dostonbek Hamdamov, 60), Stefen Chinedu (Ayman Husayn, 71).
An Nasr — Bento, Bushal, Al Amri, Martinez, Aman, Ayman (G‘arib, 46), Koshta, Angelo, Mane (Aljani, 76), Feliks (Haybari, 67), Al Hamdan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi