«An Nasr» bosh murabbiyi Ange Postekoglu Elit OChL 4-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» bilan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Raqibning o‘yinlarini o‘rganib chiqdik — hujumda agressiv jamoa. Bungacha Saudiya Arabistonining ikki klubi bilan durang o‘ynashgan. Ammo biz ko‘proq o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratamiz.
Ronalduning kelmagani? Tarkibimiz katta, shu bilan birga taqvim zich. Shu sabab Ronald va ayrim futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Juma kuni o‘z ligamizda ham muhim o‘yin bor.
FIFA kunlaridan so‘ng o‘yinimiz yaxshilangani? Shunday bo‘lishini, mavsum starti qiyin bo‘lishini kutgandik. Ha, namlik bilan bog‘liq muammolar ham kuzatildi», — deya avstraliyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Ma’lumot uchun, bellashuv 2 noyabr kuni «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi va 18:45da start oladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi