Shveytsariya chempionatining 12-turida peshqadam «Lugano» o‘z maydonida «Bazel»ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Mezbonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov zaxiradan maydonga tushirildi.
«Lugano» ochkolarini 34 taga yetkazib, 1-o‘rinni mustahkamladi. Jamoa eng yaqin ta’qibchisi «Yang Boyz»ni 9 ochkoga ortda qoldirmoqda. 14 ochkosi bor «Bazel» 7-pog‘onaga tushdi.
Shveytsariya Superligasi. 12-tur
Lugano — Bazel 2:1
1 noyabr, «AIL arena»
Gollar: dos Santos (10), Chiminiani (27) — Otele (37).
Lugano — fon Ballmos, Papadopulos, Mai, Delkrua (Bisshel, 51), Grgich, Zanotti, Bislimi, dos Santos (Pilstrom, 75), Chiminiani, Moncada (Kastro 21, KARIMOV 73), Berens (Ayeti, 73).
Shveytsariya Superligasi. «Lugano» «Bazel»dan ustun keldi, Karimov zaxiradan tushdi
Futbol
1 noyabr, 12:53
O‘zbekistonlik himoyachi o‘ynayotgan jamoa 9 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilmoqda.
Foto: Getty Images
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi