Shveytsariya chempionatining 11-turida «Lugano» safarda «Tun» bilan bahs olib borib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov maydonda to‘liq harakat qildi.
G‘oliblar safida gollarni 34-daqiqada Monkada, 49-daqiqada Bislimi va 76-daqiqada Aeti kiritdi. Mezbonlardan Zukit 37-daqiqada, Braski esa 88-daqiqada penaltidan gol urdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Lugano» 31 ochko bilan Shveytsariya chempionati turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi.
Shveytsariya chempionati. 11-tur
Tun — Lugano 2:3
Gollar: Zukit 37, Braski 88 (pen.) — Monkada 34, Bislimi 49, Aeti 76.
Tun: Steffen, Fer, Passavant (Kayt, 46), Byurgi, Strannegard, Rayxmut (Ilich, 81), Rot, Zukit, Mayer (Kristal, 74), Dursun (Kristoffersson, 65), Labo (Braski, 81).
Lugano: fon Ballmoos, Kelvin (Dos Santos, 46), May, Delkrua, Behruz Karimov, Chiminyani, Grgich, Pilstrom (Zanotti, 46), Bislimi (Kenduchi, 84), Berens (Aeti, 73), Monkada (Markes, 60).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi