Angliya Premyer-ligasining 8-turida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Bornmut»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
38-daqiqada Rayan hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o‘tib, Markus Tavernyer mehmonlarning ikkinchi golini urdi. 71-daqiqada Evanilson yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Bornmut» 9 ochko bilan turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarildi. «MYU» esa 7 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi.
APL. 8-tur
MYU — Bornmut 0:3
Gollar: Rayan 38, Tavernyer 43, Evanilson 71.
MYU: Lammens, Xeyven (Martines, 65), Yoro, Maguayr, Dalot, Tilemанs (Kunya, 46), Baleba (Zirkzee, 72), Diallo (Leysi, 78), Andre Santos, Maunt, Mbeumo.
Bornmut: Petrovich, Antonio Silva, Adam Smit (Kroupi, 87), Xill, Tryuffer, Klyuyvert (Gannon-Douk, 63), Lyuis Kuk (Kristi, 75), Tavernyer (Diakite, 87), Adams, Rayan, Evanilson (Adli, 87).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi