Live
4
O'zbek

Arbeloa: «Bu natija biz uchun juda muhim edi»

Futbol
25 oktabr, 05:14
«Fulhem» turnir jadvalida yuqoriladi.
Arbeloa: «Bu natija biz uchun juda muhim edi»
Фото: Getty Images
24.10.2026 FT Angliya Premer-ligasi Koventri Siti Koventri Siti 0 : 1 Fulhem Fulhem

«Fulhem» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Angliya Premyer-ligasining 8-turida «Koventri»ga (1:0) qarshi bahsdan so‘ng fikr bildirdi.

«To‘g‘risi, biz kutgan natijaga erishdik. Uchrashuv davomida 90 daqiqa kurashdik va o‘z futbolimizni namoyish etishga harakat qildik. Bahs oson kechmadi, chunki raqibning kuchli ekanini bilardik. Ammo jamoamiz vazifani a’lo darajada bajardi. Safardagi so‘nggi g‘alabamizdan beri juda ko‘p vaqt o‘tgandi. Shuning uchun bugungi natija biz uchun juda muhim edi. Yaxshi tomoni shuki, biz yana o‘z darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik va bu jamoa uchun katta ustunlik.

Tarkibimizda yetarlicha mahoratli, gol ura oladigan futbolchilar bor. Biroq APLda raqibni yuqoridayoq bosim ostida ushlash va ishonchli himoyalanish kerak. Bu esa juda qiyin. Bir lahzaga e’tiborni yo‘qotsangiz, raqib gol urishi mumkin. Ammo biz bugun o‘z vazifamizni a’lo darajada uddaladik», — dedi murabbiy BBC Match of the Day nashriga bergan intervyusida.

Ushbu g‘alabadan keyin «Fulhem» 8 ochko bilan APL turnir jadvalining 12-o‘rnida bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Fulhem Fulhem
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar