Frank Artiga endi «Rubin» bosh murabbiyi emas. O‘z uyida «Krilya Sovetov»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, qozonliklar Artiga bilan xayrlashishini rasman e’lon qilishdi.
Klubning ma’lum qilishicha, Artiganing o‘z vazifasidan ozod qilinishi to‘g‘risidagi qarorni «Rubin» boshqaruvi prezidenti Marat Safiullin qabul qilgan. Klub ispaniyalik mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, kelgusida muvaffaqiyatlar tiladi.
Frank Artiga 2026-yil boshidan beri «Rubin»ni boshqarib kelayotgan edi. Ispaniyalik murabbiy boshchiligida qozonliklar 9 ta g‘alaba, 11 ta durang va 8 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
Ma’lumot uchun, «Rubin» ayni damda Rossiya Premer-ligasi turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Jahongir O‘rozov klub sharafini himoya qilib kelmoqda. Hamyurtimiz chempionat doirasida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 bor sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi