Rossiya Premyer-ligasining 12-turida «Rubin» o‘z maydonida «Krilya Sovetov»ga qarshi bahs olib bordi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu bellashuvda Jahongir O‘rozov maydonda to‘liq harakat qildi. 48-daqiqada sariq kartochka oldi. O‘yindan so‘ng qozonliklar bosh murabbiyi Frank Artigani iste’foga chiqarishga qaror qildi.
Bu natijadan so‘ng Samara klubi ochkolari sonini 15 taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Rubin» esa 12 ochko to‘plab, 10-pog‘onada.
RPL. 12-tur
Rubin — Krilya Sovetov 0:2
Gollar: Vuyachich 71-avtogol, Raxmanovich 77-penalti.
Rubin: Staver, Arroyo, Teslenko, Vuyachich, Jahongir O‘rozov, Rojkov (Kuznetsov 72), Xodza (Bezrukov 72), Ivu (Yochich 81), Saavedra, Salsedo, Gripshi (Shabanhajay 81).
Ogohlantirish: Jahongir O‘rozov 48.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi