Italiya chempionatining 8-turi doirasida «Napoli» o‘z maydonida «Roma»ni qabul qildi. Gollarga boy kechgan bellashuvda 3:3 hisobi qayd etildi. Neapol klubi safida Maktominay dublni rasmiylashtirdi. Rimliklardan esa Balerdi zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu natijadan so‘ng «Roma» 18 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. «Napoli» esa 12 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
A Seriya. 8-tur
Napoli — Roma 3:3
Gollar: Angissa 28, MakTominay 48, 83 – Soule 69, Balerdi 74, 89
Napoli: Meret, Di Lorenso, Badyashil (Byoekema, 52), Marin, Olivera, MakTominey, De Bryuyne, Angissa, Hoylund, Lang (Vergara, 80), Politano.
Roma: Gollini, Manchini (Jilardi, 84), N'Dika, Ermoso (Kastro, 58), De Ron, Pizilli (Balerdi, 61), Frantsa, Rensh (Molina, 58), Kristante, Malen (Mora, 84), Zule.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi