«Roma» afsonasi va sobiq sardori Franchesko Totti klubga qaytish ehtimoli haqidagi fikrlarini bildirdi.
«Roma» men uchun hamisha hamma narsa bo‘lgan, hozir ham shunday va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Bu klub men uchun juda qadrli, hatto hayotimning bir qismiga aylangan.
Ushbu libosda boshdan kechirganlarim, menimcha, hech narsa bilan tenglasha olmaydi. «Roma»ga qaytishmi? Hech qachon “hech qachon” dema», — dedi sobiq futbolchi.
Qayd etish lozim, «Rim imperatori» laqabi bilan mashhur bo‘lgan Totti butun professional faoliyatini «Roma»da o‘tkazgan va 2017-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Sentabr oyida sobiq hujumchi 50 yoshni qarshilaydi.
Ma’lumot o‘rnida, A Seriyaning yetti turidan so‘ng «bo‘rilar» 17 ochko bilan uchinchi pog‘onani band etib turibdi. Rimliklar peshqadam bo‘lib turgan «Inter»dan ikki ochkoga ortda qolmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi