«Yuventus» qishki transfer oynasida tarkibini kuchaytirish maqsadida «Lion» himoyachisi Nikolas Talyafikoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turinliklar argentinalik 34 yoshli futbolchini yanvar oyidagi asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Nikolas 2022-yil yozidan buyon «Lion» safida harakat qilib kelmoqda. Uning Fransiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Talyafikoning transfer bozoridagi qiymati taxminan 4 million yevroga baholanmoqda.
Bu mavsumda u Fransiya chempionatida atigi bitta uchrashuvda maydonga tushgan. Futbolchi 2022-yilda milliy jamoa bilan jahon chempioni bo‘lgan.
Faoliyati davomida «Ayaks» hamda Argentinaning «Independiente» klublarida ham to‘p tepgan.