Live
1
O'zbek

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

Boshqalar
21 oktabr, 07:23
Ispaniyada bo‘lib o‘tgan musobaqada jami 82 ta mamlakatdan kelgan 700 nafardan ortiq shaxmatchi ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi
Фото: Chess Uzbekistan

Ispaniyada o‘tkazilgan FIDE U7–U17 yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

1-o‘rin — oltin medal
Lazizabonu Komiljonova — U13 qizlar o‘rtasida jahon chempioni.

2-o‘rin — kumush medal
Sayfuddin Erkinboyev — U9 o‘g‘il bolalar o‘rtasida.
Sarvinoz Begmuratova — U13 qizlar o‘rtasida.
Akbar Mustafakulov — U11 o‘g‘il bolalar o‘rtasida.

3-o‘rin — bronza medal
Husnoraxon Husnitdinova — U11 qizlar o‘rtasida.

Shuningdek, Fazliddin Farhodov U9 o‘g‘il bolalar bahslarida 7-o‘rinni egalladi. Aminabonu Zohirova esa U9 qizlar o‘rtasida 5-o‘rinni egallab, kuchli o‘ntalikdan joy oldi.

Ispaniyada bo‘lib o‘tgan musobaqada jami 82 ta mamlakatdan kelgan 700 nafardan ortiq shaxmatchi ishtirok etdi.

Bugungi yangiliklar