Myunxenning «Bavariya» klubi yarimhimoyachisi Yozua Kimmix jamoasiga UYEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi navbatdagi bahs Londonning «Arsenal» klubiga qarshi o‘yinda yordam bera olmaydi. Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kimmixning oilasida judolik yuz bergan — futbolchining yaqin qarindoshi olamdan o‘tgan. Shu sababli 31 yoshli nemis sportchisi jamoasining «Arsenal»ga qarshi Germaniyada bo‘lib o‘tadigan o‘yinida ishtirok eta olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqich uchinchi tur doirasidagi «Bavariya» - «Arsenal» bahsi bugun, 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 23:59da start oladi.
Ma’lumot uchun, ikkita o‘yinda ikkita g‘alabaga erishgan «Arsenal» 8-o‘rinni egallab turibdi. «Bavariya» hisobida esa 4 ochko mavjud va Kompani shogirdlari 12-pog‘onadan joy egallagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi