Live
11
O'zbek

Hakimi: «Biz dunyoning eng kuchli jamoalaridan birini mag‘lub etdik»

Futbol
21 oktabr, 06:17
Parijliklar himoyachisi «Barselona»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Hakimi: «Biz dunyoning eng kuchli jamoalaridan birini mag‘lub etdik»
Фото: Getty Images
20.10.2026 FT Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 4 : 2 Barselona Barselona

«PSJ» himoyachisi Ashraf Hakimi Chempionlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga (4:2) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz dunyoning eng kuchli raqiblaridan biriga qarshi o‘ynadik, ammo jamoamiz shunchaki aqlbovar qilmas darajada ajoyib. O‘z oldimizga qanday katta maqsadlar qo‘yganimizni yana bir bor ko‘rsatdik.

Bunday saviyadagi jamoaga qarshi maydonga tushganingda, chempion aynan biz ekanimizni va g‘alaba qozonishda davom etmoqchi ekanimizni isbotlashni xohlaysan. Biz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, hatto eng yaxshisi ekanimizni ko‘rsatmoqchimiz.

Bu mavsumdagi maqsadimiz — g‘alaba qozonishda davom etish. Murabbiyimiz har kuni erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmasligimiz uchun bizni oldinga undaydi», — deya Hakimining so‘zlaridan keltiradi CBS Sports nashri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar