Bugun
38
O'zbek

«Barselona» Yevropaning kuchli beshlik ligalarida eng ko‘p futbolchisi gol urgan jamoa

Futbol
21 oktabr, 02:20
Hans-Diter Flik jamoasi safida ushbu mavsumda 13 nafar futbolchi gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
«Barselona» Yevropaning kuchli beshlik ligalarida eng ko‘p futbolchisi gol urgan jamoa
Foto: Getty Images

«Barselona» Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari orasida ushbu mavsumda eng ko‘p futbolchisi gol urgan jamoaga aylandi. Kataloniyaliklar Ispaniya chempionatining so‘nggi turida «Betis»ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda Rodrigo Ernandes, Erik Garsiya va Dani Olmo mavsumdagi ilk gollarini urdi.

Shu tariqa, Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa safida ushbu mavsumda jami 13 nafar futbolchi gol muallifiga aylandi. Bu ko‘rsatkich Yevropaning Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiya chempionatlari vakillari orasida eng yuqori natija hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha «Barselona»ga eng yaqin jamoa — «Betis». Sevilyaliklar safida 10 nafar futbolchi gol urgan. Angliyaning «Brayton» va Italiyaning «Inter» klublarida ham shuncha futbolchi gol muallifiga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ispaniya chempionatining navbatdagi turida 25-oktyabr kuni Madridning «Real» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar