Bugun
38
O'zbek

Gordon: «PSJ» «Barselona»dan yaxshiroq o‘ynadi»

Futbol
21 oktabr, 01:40
Angliyalik vinger parijliklar g‘alabaga munosib bo‘lganini ta’kidladi.
Gordon: «PSJ» «Barselona»dan yaxshiroq o‘ynadi»
Foto: Getty Images
20.10.2026 FT Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 4 : 2 Barselona Barselona

«Barselona» vingeri Entoni Gordon Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «PSJ»ga qarshi kechgan va 2:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan bahs haqida fikr bildirdi. Barca Universal nashri futbolchining so‘zlarini keltirdi.

«O‘yin sermahsul bo‘lishi kutilgandi. Bugun gollar ko‘p bo‘lishini hamma bilardi, ammo men boshqa natijaga umid qilgandim.

«PSJ» bizdan yaxshiroq o‘ynadi va g‘alabaga munosib bo‘ldi. Raqib sifatliroq futbol namoyish etdi va jismonan yaxshiroq tayyorlangan edi. Ular ikki yildan beri yuqori saviyada o‘ynab kelmoqda.

Biz yanada yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. «Barselona»ni mag‘lub etish deyarli imkonsiz bo‘lgan jamoaga aylantirishimiz lozim. Hali o‘sishimiz uchun imkoniyatlar ko‘p», — dedi Gordon.

Ma’lumot uchun, «PSJ»ga qarshi bahsda parijliklar 81-daqiqada Vitinya, 86-daqiqada esa Fabian Ruisning gollari evaziga ustunlikni mustahkamladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mag‘lubiyat «Barselona» uchun mavsumdagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar