«PSJ» Chempionlar ligasi tarixida «Barselona» darvozasiga to‘rtta gol urishga to‘rtinchi bor erishdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha parijliklar boshqa klublardan ustun. Bu haqda «Chempionat» nashri xabar berdi.
20-oktyabr kuni turnir umumiy bosqichining 3-turi doirasida o‘tgan bahsda «PSJ» kataloniyaliklarni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
38-daqiqada Dezire Due hisobni ochdi. 55-daqiqada Xavi Espart muvozanatni tikladi, 72-daqiqada Lukas Ernandes parijliklarni yana oldinga olib chiqdi. 79-daqiqada Lamin Yamal hisobni tenglashtirdi. Biroq 81-daqiqada Vitinya, 86-daqiqada esa Fabian Ruis mezbonlarga g‘alaba keltirgan gollarni urdi.
Ma’lumot uchun, «PSJ» Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Parij klubi 2024/2025-yilgi mavsumda ham ushbu turnirda chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» o‘tgan mavsumgi finalda Londonning «Arsenal» klubini asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang qayd etganidan so‘ng penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag‘lub etgan.