Bugun
38
O'zbek

Enrike: «Barselona» har o‘yinda to‘rttadan gol uradi, bizning darvozamizga esa faqat ikkita gol ura oldi»

Futbol
20 oktabr, 23:15
«PSJ» ustozi «Barsa» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoasining himoyadagi harakatlarini alohida e’tirof etdi.
Enrike: «Barselona» har o‘yinda to‘rttadan gol uradi, bizning darvozamizga esa faqat ikkita gol ura oldi»
Foto: Getty Images
20.10.2026 FT Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 4 : 2 Barselona Barselona

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Barselona» ustidan 4:2 hisobida qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.

«Bu nihoyatda kuchli raqibga qarshi yuqori saviyadagi bahs bo‘ldi. Biz ko‘rsatgan darajada himoyalanish juda qiyin, ammo aynan shu jihat g‘alabaning kaliti bo‘lganiga ishonaman. Himoyada yaxshi o‘ynadik.

Biz ushbu mavsumda hali mag‘lub bo‘lmagan jamoani yengdik. Ular har bir bahsda o‘rtacha to‘rttadan gol urayotgan edi, bizning darvozamizga esa faqat ikkita gol ura olishdi.

Lukas Ernandesga kelsak, u tajribali, maqsadlari katta va doimo ishlashga tayyor futbolchi. Bahsdan oldin ham o‘z vazifasini yaxshi uddalashini bilardik. U agressiv harakat qiladi va keraksiz qo‘polliklarga yo‘l qo‘ymaydi. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga qarshi ajoyib o‘yin namoyish etdi», — dedi Enrike Canal+ telekanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, «PSJ» ushbu g‘alaba orqali «Barselona»ning 2026/2027-yilgi mavsumdagi mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berdi.

Eslatib o‘tamiz, Parij klubi «Barselona»ni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida 4:2 hisobida mag‘lub etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar