«Barselona» yarimhimoyachisi Dani Olmo «Real»ga qarshi «El Klasiko» bahsini o‘tkazib yuborishi mumkin. Marca nashri xabariga ko‘ra, futbolchining 25-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan bellashuvda maydonga tushish ehtimoli juda past.
Olmo Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «PSJ»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. U bahsning 27-daqiqasida almashtirildi va uning o‘rniga Fermin Lopes maydonga tushdi. Uchrashuvda kataloniyaliklar 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Hozircha ispaniyalik futbolchining jarohati xususiyati va og‘irlik darajasi aniqlanmagan. Biroq «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun tavakkal qilmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi Ispaniya chempionatining 10-tur bahsi «Kamp Nou» stadionida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, «El Klasiko» 25-oktyabr, yakshanba kuni tunda bo‘lib o‘tadi.