Live
1
O'zbek

Flik: «Real» bilan bahs tarkib borasidagi qarorlarimizga ta’sir qildi»

Futbol
20 oktabr, 22:30
    25
«Barselona» ustozi «PSJ»ga qarshi mag‘lubiyatdan keyin jamoaning jismoniy holati va tarkib tanlovi haqida gapirdi.
Flik: «Real» bilan bahs tarkib borasidagi qarorlarimizga ta’sir qildi»
Foto: Getty Images
20.10.2026 FT Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 4 : 2 Barselona Barselona

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «PSJ»ga qarshi kechgan va 2:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan bahsdan so‘ng fikr bildirdi.

«El Klasiko» tarkib borasida qabul qilingan qarorlarimizga ta’sir qildi. Agar yakshanba kuni raqibimiz «Real» bo‘lmaganida, Rodrigo asosiy tarkibda maydonga tushgan bo‘lardi. Bu bahona emas, ammo jamoada yetarlicha yangilik bo‘lmagani sababli xatolarga yo‘l qo‘yganimizni tushunishimiz kerak.

So‘nggi haftalarda jamoa juda katta kuch sarfladi. Ushbu bahsga yetarlicha tayyorgarlik ko‘ra olmadik. Vaziyat ideal emasdi va tiklanishga ulgurmadik. Bo‘lib o‘tgan voqealarni tahlil qilib, kelajakda ayrim jihatlarni yaxshilashimiz kerak. Bugun esa, shubhasiz, ko‘plab yaxshi ishlarni ham amalga oshirdik», — deya Flikning so‘zlarini Footmercato nashri keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, «Barselona» «PSJ»ga qarshi bahsda ikki bor hisobni tenglashtirganiga qaramay, yakunda 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi Ispaniya chempionatining 10-tur bahsi 25-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 26-oktyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25 izoh +3 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar