Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Yoshko Gvardiol hali ham «Barselona» qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» 2025 yil oxirida xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘rgandi, ammo omadsizlikka uchragan. Endilikda «Manchester Siti»ning moliyaviy firibgarliklar uchun jazosi Gvardiolning Kataloniyaga ko‘chib o‘tishiga yo‘l ochiishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka chapaqay markaziy himoyachi zarur va Gvardiol bu rolga munosib nomzod sanaladi. U himoya markazida Pau Kubarsi bilan duet hosil qilishi kutilmoqda. Biroq bu vaziyatda barchasi «Manchester Siti» futbolchisi uchun talab qiladigan summaga bog‘liq bo‘ladi.
Transfermarkt portali 24 yoshli xorvatiyalikning aktual transfer narxini 75 million yevroga baholamoqda.