FIFA intizom qo‘mitasi Misr milliy jamoasi bosh murabbiyi Husam Hasanni uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda Misr futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Shuningdek, jamoa rahbariyati vakili Ibrohim Hasan uchta, hujumchi Mustafo Ziko esa beshta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Jazolar 2026-yilgi jahon chempionati nimchorakfinalida Misrning Argentinaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyingi voqealar bilan bog‘liq. Misrliklar bahs davomida 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq argentinaliklar vaziyatni o‘zgartirib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bellashuv davomida hakamlik qarorlari yuzasidan bahslar kelib chiqqan. Jumladan, Zikoning bekor qilingan goli va o‘yin yakunidagi ehtimoliy penalti vaziyati e’tirozlarga sabab bo‘lgan. Bahsdan keyin Husam Hasan hakamlikni tanqid qilib, jamoasiga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘linganini aytgan. Ziko ham hakam qarorlaridan noroziligini bildirgan, Ibrohim Hasan esa o‘yin davomida ayrim qarorlarga keskin munosabat ko‘rsatgan.
Ma’lumot uchun, Misr futbol assotsiatsiyasi FIFA intizom qo‘mitasidan chiqarilgan qarorlar bo‘yicha batafsil izoh so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, assotsiatsiya ushbu tushuntirishni olgach, jazolar yuzasidan apellyatsiya berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchi.