«Udineze» himoyachisi David Alaba jarohat oldi. Bu haqda Italiyaning fruliya klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Tibbiy tekshiruv natijasida 34 yoshli avstriyalik futbolchining o‘ng boldir mushagida cho‘zilish aniqlangan. Alaba tiklanish jarayonini boshlab yuborgan, biroq uning qachon safga qaytishi hozircha ma’lum qilinmagan.
Ma’lumot uchun, Alaba o‘tgan oy «Udineze» safiga qo‘shilgan. Shundan buyon u A Seriyada ikkita bahsda maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, «Udineze» Italiya chempionati turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi bahsini 25-oktyabr kuni o‘z maydonida «Milan»ga qarshi o‘tkazadi.