Fabio Kannavaro bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Rossiya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv 12 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv O‘zbekiston va Rossiya milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini maqomida o‘tkaziladi.
O‘rtoqlik uchrashuvi. 12 noyabr
O‘zbekiston — Rossiya.
«Paxtakor» stadioni.

Foto: O‘FA
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi