«Tottenham» yarimhimoyachisi Jeyms Maddison jamoaga sodiq ekanini ma’lum qildi.
APLning 7-turida «Tottenham» o‘z maydonida «Koventri»ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, ushbu mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdagi gollardan birini Maddison urdi. U golni nishonlash vaqtida klub emblemasini o‘pdi.
«Men o‘tgan yilning o‘zidayoq «Tottenham»ga sodiq ekanimni aytganman. Maydondan tashqarida bo‘lgan vaqtim davomida klub meni qanchalik yaxshi ko‘rishi va qiyin paytlarda qo‘llab-quvvatlashini his qildim.
Men bu klubga hali ko‘p narsa berishim kerak», — dedi Maddison Sky Sports nashriga. Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi.
Londonliklar ayni paytda musobaqa jadvalida 6 ochko jamg‘argan holda 16-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi uchrashuvni safarda «Chelsi»ga qarshi o‘tkazadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi