20 va 21 oktabr O‘zbekiston chorak final juftliklari o‘tkaziladi. Olmaliq, Farg‘ona, Zomin va Namanganda bo‘lib o‘tadigan bellashuvlardan keyin yarimfinal ishtirokchilari aniqlanadi.
Tajribali mutaxassislardan biri Yorqin Nazarov esa chorakfinal juftliklarining imkoniyatlarini chamalab, yarimfinalga kimlar chiqishi mumkinligi haqida gapirdi.
20 oktabr
18:30. OKMK – Guliston
- «Guliston» jamoasining shuncha klub orasidan chorakfinalga chiqqanining o‘zi sensatsiya. Lekin bu to‘qnashuvda 100 foiz OKMK favorit. Bu yerda hech qanaqa sensatsiya bo‘lishi mumkin emas. Olmaliqliklar «Guliston»ni yutadi.
19:00. Neftchi – Lokomotiv
- Chorak \final ichidagi eng qiziqarlisi «Neftchi» - «Lokomotiv» o‘yini bo‘ladi. Ikkita juda yaxshi jamoa bahs olib boradi. Tashabbus «Neftchi» muxlislarida bo‘ladi. Qolaversa, o‘yin Farg‘onada bo‘layotgani uchun «Neftchi» «Lokomotiv»ni mag‘lub etadi.
19:00. So‘g‘diyona – Andijon
- Ikkita teng jamoa. Chempionatda turnir jadvalida ham yonma-yon turishibdi. O‘yin jihatlari bo‘yicha ham bir-biriga o‘xshab ketishadi. Fikrimcha, bu uchrashuvda penaltilar seriyasigacha boriladi. Unda esa mezbonlar yutsa kerak.
21 oktabr
19:00. Navbahor – G‘azalkent
- «G‘azalkent» juda yaxshi jamoa. Yoshlardan tashkil topgan, Pro ligada ham yetakchilar qatorida ketyapti. Lekin «G‘azalkent»ga undan ham yaxshi shakllangan, chempionatda chempionlik uchun kurashayotgan «Navbahor» raqib bo‘ladi. Buning ustiga o‘yin Namanganda bo‘lib o‘tadi. Shu bois sensatsiya bo‘lmasa kerak va namanganliklar g‘alaba qozonadi.
Yarimfinalda menimcha, OKMK, «Neftchi», «Navbahor» chiqadi va «So‘g‘diyona» - «Andijon» o‘yini taqdiri nimagadir penaltilar seriyasida hal bo‘ladi, deb o‘ylayapman, imkoniyatlar 50\50. Kimning omadi chopsa, o‘sha jamoa yutib ketadi.
Yarimfinalga kimlar chiqadi? Yorqin Nazarov chorakfinal oldidan imkoniyatlarni qanday baholadi?
Eksklyuziv
20 oktabr, 02:48
Nazarov esa chorakfinal juftliklarining imkoniyatlarini chamaladi.
Фото: Каттақўрғон ПФК
20.10.2026, 10:00
Oʻzbekiston Kubogi
Neftchi Fargona
-
:
-
Lokomotiv Tashkent