Live
1
O'zbek

Ten Hag: «Ronaldu jamoaga ham, menga ham pand berdi»

Futbol
20 oktabr, 05:00
    15
«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi portugaliyalik hujumchi bilan bog‘liq qarori haqida gapirdi.
Ten Hag: «Ronaldu jamoaga ham, menga ham pand berdi»
Foto: Getty Images
25.10.2026, 10:00 Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted - : - Bornmut Bornmut

Erik ten Hag Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»dagi faoliyati davomida jamoa va murabbiyga pand berganini aytdi. Niderlandiyalik mutaxassis bu haqda The Athletic nashriga bergan intervyusida so‘z yuritdi. Jurnalist Fabritsio Romano uning fikrlarini keltirdi.

«Krishtianu Ronaldu jamoaga ham, menga ham pand berdi, chunki biz rejalarimizni u bilan birga tuzgandik. «Manchester Yunayted»ga kelishimdan oldin qanday maqsadlarim borligini tushuntirish uchun Portugaliyaga uchib borib, u bilan gaplashganman», — dedi Ten Hag.

Mutaxassis portugaliyalik hujumchining futbol tarixidagi o‘rnini yuqori baholashini ham ta’kidladi. Biroq murabbiy sifatida u hissiyotlarga emas, vaziyatni oqilona baholashga asoslangan qaror qabul qilishi kerak bo‘lganini bildirdi.

«U tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri. Men uni juda hurmat qilardim. Ammo murabbiy sifatida oqilona qaror qabul qilishim kerak edi», — deya qo‘shimcha qildi Ten Hag.

Ma’lumot uchun, Ten Hag «Manchester Yunayted»ni 2022–2024-yillarda boshqargan. Ronaldu esa klubga 2021-yilda qaytib, 2022-yil noyabrida jamoani tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu va Ten Hag o‘rtasidagi kelishmovchiliklar 2022-yilda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Bornmut Bornmut
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar