Live
1
O'zbek

De Zerbi: «Rostini aytsam, avvalgi o‘yinlardagidek yaxshi harakat qilmadik»

Futbol
19 oktabr, 23:00
    9
«Tottenhem» bosh murabbiyi «Koventri»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
De Zerbi: «Rostini aytsam, avvalgi o‘yinlardagidek yaxshi harakat qilmadik»
Foto: Getty Images
19.10.2026 FT Angliya Premer-ligasi Tottenhem Tottenhem 3 : 1 Koventri Siti Koventri Siti

«Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto de Zerbi «Koventri»ga qarshi o‘yindan (3:1) keyin jurnalistlar savollariga javob berdi.

«Shporlar» o‘z maydonida Jeyms Maddison, Omar Marmush va Ben Devis kiritgan gollar evaziga g‘alaba qozondi. Bu London jamoasining APLdagi ushbu mavsumdagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.

«Natija, jamoaning kayfiyati va ruhiyatidan, o‘tkazib yuborilgan golga ko‘rsatgan munosabatidan mamnunman. Rostini aytsam, avvalgi o‘yinlardagidek yaxshi harakat qilmadik, ammo raqibimiz yaxshi himoyalanganini ham e’tirof etish kerak.

Endi g‘alaba qozona olishimizga ishonishimiz lozim. Ikki-uch mavsumdan keyin ruhiy holat muhim ahamiyat kasb etadi. Muxlislarga rahmat aytishimiz kerak: ular ko‘p aziyat chekishdi, ammo bugun jamoani ajoyib qo‘llab-quvvatlashdi», — dedi de Zerbi BBC Sport’ga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, «Tottenhem» 7 turdan keyin 6 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar