«Pari Sen-Jermen» klubi o‘zining rasmiy sayti orqali UYEFA Chempionlar Ligasi 2026/2027-yilgi mavsum umumiy bosqich 3-turi doirasida Kataloniyaning «Barselona» jamoasiga qarshi o‘yin uchun o‘z qaydnomasini e’lon qildi. Mazkur bahs Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Angliyalik Maykl Oliver boshqarib boradigan bu o‘yin Toshkent vaqti bilan 23:59da start oladi.
«PSJ»ning «Barselona»ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasidan ushbu futbolchilar o‘rin egalladi: Ashraf Hakimi, Lukas Beraldo, Markinios, Ilya Zabarniy, Xvicha Kvaratsxeliya, Fabian Ruis, Ferran Torres, Usmon Dembele, Magnes Akliush, Lyuka Din, Dezire Due, Vitinya, Lukas Ernandes, Mika Godts, Senni Mayulu, Dro Fernandes, Lyuka Shevale, Uorren Zair-Emeri, Matvey Safonov, Kenten Njantu, Vilyam Pacho, Adam Muak hamda Joau Nevesh.
Ma’lumot uchun, 2 turda 6 ochko jamg‘argan parijliklar Chempionlar Ligasi jadvalida yetakchi bo‘lib turibdi. «Ko‘k-anorranglilar» hisobida ham 6 ochko mavjud va jamoa jadvalning ikkinchi pog‘onasidan o‘rin egallagan.