«Barselona» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turi doirasida «PSJ»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv uchun qaydnomani e’lon qildi.
Qaydnomadan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan:
Darvozabonlar: Joan Garsiya, Voytsex Shesni, Dominik Livakovich.
Himoyachilar: Joau Kanselu, Alexandro Balde, Pau Kubarsi, Xavi Espart, Jerar Martin, Aleks Kampos.
Yarim himoyachilar: Pedri, Gavi, Fermin Lopes, Dani Olmo, Frenki de Yong, Mark Bernal, Brayan Farinyas, Rodri.
Hujumchilar: Lamin Yamal, Rafinya, Gabriel Jezus, Karim Adeyemi, Entoni Gordon, Hamza Abdulkarim.
Qaydnomadan asosiy jamoaning to‘rt nafar futbolchisi — himoyachilar Erik Garsiya, Jyul Kunde, Andreas Kristensen hamda hujumchi Runi Barji o‘rin olmadi.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuv 20 oktabr kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21 oktabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.
Umumiy bosqichning dastlabki ikki turidan keyin har ikki jamoa 6 ochkodan jamg‘argan. Parijliklar ayni paytda birinchi, kataloniyaliklar esa ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Foto: FC Barcelona