Live
22
O'zbek

«Barselona» futbolchilari «PSJ» vakillarining haqoratli gaplaridan g‘azabda

Futbol
17 oktabr, 08:44
Parijlik futbolchilarning kataloniyaliklar haqidagi kamsituvchi fikrlari norozilik keltirib chiqargani aytilmoqda.
«Barselona» futbolchilari «PSJ» vakillarining haqoratli gaplaridan g‘azabda
Foto: Getty Images
20.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain - : - Barselona Barselona

«Barselona» futbolchilari «PSJ» vakillarining jamoa haqida haqoratli va kibrli ohangda gapirganidan xabar topgach, g‘azablangan. Bu haqda jurnalist Xuan Jezus X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, parijlik futbolchilar o‘rtasidagi suhbatda «Barselona» haqida kamsituvchi fikrlar bildirilgan. Ushbu xabar kataloniyaliklar kiyinish xonasida norozilik uyg‘otgan va vaziyatni yumshatish maqsadida jamoa ichida yig‘ilish o‘tkazilgan.

Endilikda «Barselona» futbolchilari va murabbiylar shtabi seshanba kungi bahsda maydonda javob qaytarishni maqsad qilgan. Ular «PSJ»ni o‘z so‘zlaridan qaytishga majbur qilishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, «PSJ» va «Barselona» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turida 20-oktyabr kuni Parijda o‘zaro bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar