Live
4
O'zbek

Flik: «Yamal uchun eng muhimi — futboldan zavq olish»

Futbol
17 oktabr, 03:05
«Barsa» bosh murabbiyi yosh futbolchi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Flik: «Yamal uchun eng muhimi — futboldan zavq olish»
Foto: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik futbolchi Lamin Yamalning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishni istamasligini, shu bilan birga, uning maydonda o‘tkazayotgan vaqtini nazorat qilish kerakligini ta’kidladi.

«Lamin — o‘ziga xos futbolchi. Shuningdek, uning maydonda o‘tkazayotgan vaqtini nazorat qilishimiz kerakligini ham tushunaman. Lekin Yamal uchun eng muhimi — futboldan zavq olish. Hozir aynan shunday bo‘lmoqda.

Shuning uchun bu jarayonga xalaqit qilishni istamayman. Biroq uning o‘yin amaliyotini ham nazorat qilishimiz kerakligini tushunaman», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Ma’lumot o‘rnida, bu mavsumda Yamal barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, bugun «Barselona» La Liganing 9-turi doirasida «Betis»ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar