«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik matbuot anjumanida qanot hujumchisi Lamin Yamal haqidagi savolga javob berdi. Nemis mutaxassisi Yamalni har doim ham to‘liq o‘yin o‘tkazmasligi haqida ogohlantirdi.
Yamalning o‘yin vaqtini qanday boshqarasiz?
Bu savolga javob berish oson emas. Biz uning o‘yin vaqtini nazorat qilishimiz, me’yorda ushlab turishimiz kerak. Ammo eng muhimi, u futboldan zavq olishi kerak, u hozir ham xuddi shunday qilmoqda.
Hafta boshida Lamin Yamal «Barselona»ga mehmonda «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinda yordam berdi. Kataloniyaliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi, Yamal esa o‘z hisobiga ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, 17 oktyabr, shanba kuni «Barselona» La Ligada «Betis» mehmoni bo‘ladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi